23:28 / 17.11.2024
10

Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi

Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Foto: GPO
Isroil prezidenti Isxak Gersog bo‘lgan samolyot Turkiya havo hududiga kiritilmadi. Oqibatda yahudiy davlati rahbari Ozarbayjondagi COP29 iqlim sammitiga bora olmadi. Bu haqda Milliyet xabar berdi.

Isroil rasmiylari 16 noyabr kuni kechqurun Isxak Gersogning COP29 doirasida Ozarbayjonga tashrifi “xavfsizlik nuqtayi nazaridan” bekor qilinganini aytdi. Biroq Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligidagi manbalar bunga boshqacha sabab keltirdi. Jumladan, Turkiya Isroil prezidentining samolyotiga uning havo hududidan o‘tishga ruxsat bermagan. Isroilning “Yedioth Ahronot” gazetasi bu ma’lumotni Ozarbayjon rasmiylariga tasdiqlatdi.

Turkiya va Isroil aloqalari

Noyabr oyida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on yahudiy davlati bilan diplomatik aloqalar uzilganini e’lon qildi. Siyosatchi Anqara kelajakda Tel Aviv bilan hamkorlikni rivojlantirish uchun hech qanday qadam tashlamasligini qo‘shimcha qildi.

May oyi boshida Turkiya Savdo vazirligi Isroil bilan savdo-sotiqni to‘liq to‘xtatganini ma’lum qilgandi. Bungacha Anqara 54 ta kichik guruh tovarlari eksportini cheklagan.

Mart oyida Turkiya prezidenti G‘azodagi vaziyat haqida gapirgan, u Yaqin Sharqda sodir bo‘layotgan voqeani genotsid deb atagan. 2023 yil dekabr oyida esa Turkiya va Isroil yetakchilari bir-birini keskin tanqid qilgan. Erdo‘g‘on Netanyaxuni Gitlerga qiyoslagan, Isroil bosh vaziri bunga quyidagicha munosabat bildirgan.

Kurdlarga qarshi genotsidni amalga oshirayotgan, qamoqqa olingan va o‘z boshqaruviga qarshi chiqqan jurnalistlar soni bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgan Erdo‘g‘onning bizga aql o‘rgatishga haqqi yo‘q”, degandi Netanyaxu.

Bungacha Turkiya prezidenti BMTni muomalaga layoqatsiz tashkilot deb atagan va uning tuzilmasini o‘zgartirishga chaqirgandi. 2023 yilning kuzida G‘azodagi voqealar tufayli Turkiya Isroildagi elchisini chaqirib olgan. 2024 yilning iyul oyi oxirida Erdo‘g‘on Turkiya bir paytlar Tog‘li Qorabog‘ va Liviyaga qanday kirgan bo‘lsa, Isroilga ham shunday kirishi mumkinligini aytgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi