16:36 / 19.11.2024
39

Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?

Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Kunni boshlashning turli usullari mavjud: budilnikni o‘chirib, uyquni davom ettirish, kitob o‘qish, ijtimoiy tarmoqlarga sho‘ng‘ib ketish yoki nonushta tayyorlash. Quyida ba’zi mashhur ayollarning ertalabki odatlari haqida ma’lumot beramiz.

Keyt Xadson

Keyt dam olish kuni bo‘lsa ham har doim ertalab soat 6:30 dan 7:30 gacha uyg‘onadi. Aktrisa o‘rnidan turib, bir finjon qahva damlashdan oldin yana 15 daqiqa yotishi va bir oz uxlab olishni afzal ko‘radi.

Jennifer Eniston

Jennifer esa ertalab soat 4:30 da turadi. To‘g‘ri, faqat “syomka”si yoki yana qandaydir ishlari rejalashtirilgan kunlaridagina. Hatto dam olish kunlari ham aktrisa ertalab soat 8 gacha, ko‘pi bilan 9 gacha uxlaydi. Karavotdan turgach, u birinchi navbatda terisini namlaydi. Keyin meditatsiya qilib, kakaoli kokteyl ichadi.

Merilin Monro

Gollivud yulduzi tirikligida bir piyola sutni isitib, xom tuxumga aralashtirib ichardi. Kun bo‘yi tetik bo‘lish uchun Merilin multivitamin tabletkalar ham qabul qilgan.

Odri Xepbern

Yana bir afsonaviy aktrisa tongni ikki dona tuxum va donli undan qilingan toster bilan boshlardi. Odri har oy dezintoksikatsiya kursidan o‘tar, lekin hech qachon nonushtani o‘tkazib yubormasdi.

Viktoriya Bekhem

Viktoriyaning ertalabki tartibi ko‘p yillardan beri o‘zgarmaydi. U ertalab soat 6 da o‘rnidan turadi, ikki osh qoshiq olma sirkasi va kivi qo‘shilgan smuzi ichadi. Keyin esa sport bilan shug‘ullanib, farzandlarini maktabga olib boradi.

Demi Lovato

Demining ta’kidlashicha, u ertalablari ikkita mashg‘ulot o‘tkazishni yoqtiradi. Dastlab u bir soat davomida boks, kikboksing yoki jiu-jitsu bilan, keyin yana bir soat davomida og‘ir atletika bilan shug‘ullanadi.

Opra Uinfri

Opra ertalabki yugurishga chiqishdan oldin kunini 20 daqiqalik meditatsiya bilan boshlaydi. Keyin u sayrga chiqish, musiqa tinglash yoki tushlikka mazali taom tayyorlash orqali o‘zini yangi kunga tayyorlaydi. Shundan keyingina yulduz kundalik ishlariga kirishadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?