2
«Markaziy Osiyo – Xitoy» quvuri orqali 14 yilda yetkazilgan tabiiy gaz miqdori ma’lum qilindi
Foto: AP
14 yildan ortiq vaqt davomida «Markaziy Osiyo — Xitoy» quvuri orqali Xitoyga 500 milliard kub metrdan ortiq tabiiy gaz yetkazib berildi. Bu haqda Xitoy matbuoti West Pipeline Company ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Qayd qilinishicha, quvurning asosiy obyekti - «Khorgos» gaz kompressor stansiyasi. Bu Markaziy Osiyo gazining Xitoyga birinchi kirish nuqtasi hisoblanadi.
2009 yilda foydalanishga topshirilgan «Khorgos» kompressor stansiyasi 5 ming kundan ortiq vaqt davomida xavfsiz va barqaror ishlab, jami 500 milliard kub metrdan ortiq Markaziy Osiyo tabiiy gazini tortib oldi. Stansiya kuniga ko‘pi bilan 160 million kub metr gazni haydaydi.
Markaziy Osiyodan Xitoyga yetkazilgan 522,5 milliard kub metr tabiiy gaz 696 million tonna ko‘mirga teng bo‘lib, karbonat angidrid chiqindilarini 731 million tonnaga, oltingugurt dioksidi chiqindilarini 25 million tonnaga, changni 379 million tonnaga, azot oksidini 6,27 mln tonnaga kamaytirgani ta’kidlanmoqda.
Birinchi kompressor stansiyasidan tabiiy gaz «Markaziy Osiyo – Xitoy» quvuri orqali 84 soat ichida sharqqa 1833 km masofani bosib o‘tib, O‘zbekistonning markaziy qismi, Qozog‘istonning janubiy qismi va Xitoy chegarasidagi «Khorgos» punkti orqali Xitoy hududiga kiradi. Loyiha quvvati yiliga 60 milliard kub metr gazni tashkil etadigan gaz quvuri 2009 yilning dekabr oyida foydalanishga topshirilgan.
Gaz quvuri 27 provinsiya darajasidagi mintaqa va Honkong maxsus ma’muriy mintaqasidagi 500 milliondan ortiq aholini gaz bilan ta’minlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin