7
KXDR terma jamoasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi o‘yinlarni yaxshi o‘tkazdik, ammo..."
JCH-2026 3-saralash bosqichidan o‘rin olgan KXDR - O‘zbekiston (0:1) bahsidan so‘ng koreyaliklar bosh murabbiyi Sin Yon Nam uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Bugun juda qiyin o‘yin o‘tkazdik. Futbolchilarim maydonda bor kuchini ishlatishdi va men ulardan minnatdorman. Afsuski, natija biz istagandek bo‘lmadi", - dedi Sin Yon Nam bugungi bahs haqida.
- O‘zbekistonga qarshi ikkita o‘yinda ham jamoangiz matonatli o‘yin namoyish etdi va mag‘lub bo‘lishga loyiq emas edi. Ikkita amalga oshirilmagan penalti va raqib tomonda bo‘lgan omad tufayli terma jamoangiz ikki uchrashuvda ham mag‘lubiyatga uchradi. O‘zbekistonga qarshi kechgan to‘qnashuvlar haqida umumiy fikringiz bilan bo‘lishsangiz?
- O‘zbekiston terma jamoasi jiddiy raqib ekanligi hech kimga sir emas. Biz ikki bahsda ham yaxshi o‘yin namoyish etdik, lekin omad biz tomonda emas edi. Ko‘kka sovurilgan juda ko‘p vaziyatlar va amalga oshirilmagan penaltilar. Umid qilamanki, O‘zbekistonga qarshi kechadigan bo‘lajak bahslarda biz o‘zimizga kerakli natijani qayd eta olamiz va barchasi biz uchun yaxshi tugaydi. Saralash bosqichining so‘nggi bahsiga qadar kurashishda davom etamiz. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi