05:04 / 07.07.2024
61

Yevro—2024. Niderlandiya Turkiya ustidan g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi

Yevro—2024. Niderlandiya Turkiya ustidan g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining chorak finalida Niderlandiya va Turkiya terma jamoalari 6 iyul, shanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuvni ikki jamoa ham hujumkor boshladi. 35-daqiqada Akaydin hisobni ochdi. Bo‘lim turklarning ustunligi ostida yakuniga yetdi.

Ikkinchi bo‘limda turkiyaliklar ko‘proq hisobni saqlashga harakat qildi. Oqibatda De Vrey 70-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Shundan so‘ng niderlandiyaliklarda hujumlar soni ortdi. 6 daqiqa o‘tib gollandiyaliklarning yana bir zarbasi Myuldurga tegib, Turkiya darvozasiga yo‘l oldi.

Goldan so‘ng turklar katta ustunlikka erishdi. Ammo uchrashuvda boshqa to‘p kiritilmadi.

Shu tariqa, Niderlandiya yarim finalga yo‘l oldi. Ular keyingi bosqichda 10 iyul kuni Angliya bilan o‘ynaydi.

Ispaniya — Fransiya uchrashuvi 10 iyulda bo‘lib o‘tadi.

Yevro—2024
Chorak final

6 iyul, shanba

Niderlandiya – Turkiya 2:1
Gollar
: 0:1 —Akaydin (35), 1:1 — de Vrey (70), 2:1 —Muldur (76, avtogol).
Niderlandiya: Verbryuggen, Dumfris, de Vrey, van Deyk, Ake (van de Ven, 73), Shauten, Reynders (Verman, 73), Simons (Zirkze, 87), Bergveyn (Vegorst, 46), Gakpo, Depay (Frimpong, 87).
Turkiya: Gyunok, Muldur (Chelik, 82), Ayxan, Bardakchi, Akaydin (To‘sun, 82), Guler, Kadio‘g‘li, Chalxono‘g‘li, O‘zjan (Yokushlu, 77), Kilichsoy, Yilmaz, Yildiz (Akturko‘g‘li, 77).
Ogohlantirishlar: Simons (30), Ake (54), van Deyk (64), To‘sun (90+3).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevro—2024. Niderlandiya Turkiya ustidan g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi
ePN