
FIFA rasmiy saytida 2025 yilgi U-17 Osiyo kubogi natijalariga bag‘ishlangan tahlilda O‘zbekiston U-17 terma jamoasi hujumchisi Asilbek Aliyev alohida ta’rif va e’tirof bilan tilga olindi.
FIFA: “Bu musobaqa kelajak yulduzlarni kashf etdi”
Hisobotda shunday deyiladi:
“2025 yilgi Osiyo kubogi nafaqat mintaqaviy chempionat, balki butun Osiyo futboli uchun yosh iqtidorlarni kashf qilishga xizmat qiluvchi ajoyib maydon bo‘ldi. Yosh futbolchilar terma jamoalarining muvaffaqiyati va FIFA U-17 Jahon chempionatiga chiqishida hal qiluvchi o‘rin tutishdi.”
Asilbek Aliyev — chempionlik yo‘lida asosiy figura
FIFA saytidagi maqolada Asilbek Aliyev haqida quyidagi satrlar yozilgan:
“Asilbek Aliyev — O‘zbekistonning chempionlik yo‘lida eng asosiy futbolchilardan biri. U hujumda o‘zini juda xatarli va ishonchli ko‘rsatdi. Dastlabki to‘rt uchrashuvda beshta gol urgan Aliyev o‘zining ajoyib gol intuitsiyasi va pozitsiya tanlash mahorati bilan alohida ajralib turdi.”
Uning gollari nafaqat shaxsiy natija, balki jamoa yutig‘i uchun ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan.
To‘purarlik va kelajak yulduzi — ikkala unvon ham unda
FIFA xulosasiga ko‘ra:
“Aliyev musobaqa yakunida to‘purar sifatida tan olindi. Shuningdek, u Markaziy Osiyo futbolining kelajakdagi eng yorqin yulduzlaridan biri sifatida katta e’tirofga loyiq bo‘ldi.”
Siz nima deb o‘ylaysiz — Asilbek Aliyev kelgusida qaysi katta klublarda to‘p suradi? Undan qanday rivojlanish kutish mumkin?
Asilbek Aliyev O‘zbekiston U-17 FIFA Osiyo kubogi To‘purar Chempion Kelajak yulduzi Futbol Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar