date

Litiy-ionli batareyalarning ishlash muddatini uzaytirishning yangi usuli topildi

Litiy-ionli batareyalarning ishlash muddatini uzaytirishning yangi usuli topildi

AQShlik olimlar litiy-ionli akkumulyatorlarning xizmat qilish muddatini sezilarli darajada uzaytirishning oddiy usulini aniqladilar. SLAC milliy tezlatgich laboratoriyasi va Stenford universiteti tadqiqotchilari batareya kimyosini o‘zgartirmasdan, ishlab chiqarish jarayonida katodning qizdirilish tartibini o‘zgartirish orqali yuqori natijalarga erishish mumkinligini isbotladilar. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Elektromobillar va yuqori energiya zichligiga ega qurilmalarda qo‘llaniladigan nikelga boy katodlar vaqt o‘tishi bilan mikro yoriqlar hosil qiladi, bu esa batareya sig‘imining pasayishiga olib keladi. Olimlar ishlab chiqarish jarayonida katodni avval sekin, so‘ngra tezroq qizdirish orqali materialning ichki tuzilmasini bir xil holga keltirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Ushbu usul yordamida tayyorlangan batareyalar 500 ta zaryadlash siklidan so‘ng o‘zining dastlabki sig‘imini 93 foizgacha saqlab qoldi. Bu ko‘rsatkich zamonaviy texnologiyalar orasida eng yuqori natijalardan biri hisoblanadi.

Rentgen nurlari tahlili shuni ko‘rsatdiki, isitish jarayonining bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarrachalar ichida g‘ovaklar paydo bo‘lishining oldini oladi va litiy birikmalarining bir tekis taqsimlanishini ta’minlaydi. Mazkur texnologiyaning eng katta afzalligi shundaki, uni mavjud zavodlarda ishlab chiqarish liniyalarini tubdan o‘zgartirmasdan tezda joriy etish mumkin.

Yangi usul nafaqat smartfon va noutbuklar, balki elektromobillar, ma’lumotlar markazlari va yirik energiya saqlash tizimlari uchun ham katta istiqbolga ega. Bu innovatsiya batareyalar tannarxini oshirmasdan ularning chidamliligini oshirish imkonini beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Litiy-ionli batareyalarning ishlash muddatini uzaytirishning yangi usuli topildi