
O‘zbekistonlik sportchi Diyorbek Otajonov professional Power Slap ligasidagi (tarsaki musobaqasi) debyut jangini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Musobaqa Dubay (BAA) shahrida o‘tkazilayotgan Power Slap 16 turniri doirasida bo‘lib o‘tdi va unda turli mamlakatlardan sportchilar ishtirok etdi.
Dastlabki karta doirasida Otajonov AQSh vakili Koltin Koul bilan jang qildi. Birinchi raundning o‘zida o‘zbekistonlik sportchi chap qo‘l bilan aniq zarba berib, raqibini jangni davom ettira olmaydigan holga keltirdi.
Hakam Otajonov foydasiga texnik nokautni qayd etdi. Koullar uchun bu mag‘lubiyat Power Slap ligasidagi ikkinchi yo‘qotish bo‘ldi.
U ilgari ikkita jang o‘tkazgan bo‘lib, ulardan birida g‘alaba qozongan, ikkinchisida esa mag‘lubiyatga uchragan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar