Gvardiola "Galatasaroy"ga qarshi o‘ynay olmaydigan futbolchilarni aytdi

UYEFA Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining so‘nggi turi oldidan «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoadagi kadrlar muammosini ochiq aytdi. «Galatasaroy»ga qarshi hal qiluvchi bahsda bir qator asosiy futbolchilar maydonga tusha olmaydi — ro‘yxat esa, mutaxassisning ta’biri bilan aytganda, “juda uzun”.
Gvardiola ma’lum qilishicha, bu o‘yinni quyidagi o‘yinchilar o‘tkazib yuborishi aniq:
Mark Gexi, Antuan Semeno, Rodri, Niko Gonsales, Savio va Jon Stounz. Ustoz bu futbolchilarning turli sabablarga ko‘ra tayyor emasligini ta’kidlar ekan, muxlislarga ham vaziyatni to‘g‘ri qabul qilish kerakligini ishora qildi.
Shu bilan birga, ispaniyalik murabbiy tribuna faktoriga alohida urg‘u berdi. Uning fikricha, jamoa hozircha birinchi sakkizlikka kirmagan bo‘lsa-da, aynan muxlislar qo‘llab-quvvatlashi «Siti»ga 1/8 finalga chiqish yo‘lida qo‘shimcha turtki bo‘la oladi. Ya’ni, bu kechada «Etixad» nafaqat stadion, balki jamoaning ikkinchi “harakatlantiruvchi dvigateli”ga aylanishi kerak.
Ma’lumot o‘rnida, «Manchester Siti» — «Galatasaroy» uchrashuvi 28-yanvar kuni tunda Angliyaning Manchester shahridagi «Etixad» stadionida bo‘lib o‘tadi. So‘nggi tur, so‘nggi imkoniyat va Gvardiola aytganidek, jamoaga yana bir bor “qo‘shimcha kuch” kerak bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!