
PSJ 1-noyabr kuni Liga 1 doirasidagi 11-turda "Nitssa" ustidan qiyin g'alabaga erishdi. "Park de Prens"da bo'lib o'tgan uchrashuvda parijliklar 1:0 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvdagi yagona golni asosiy vaqtning so'nggi daqiqasida Gonsalu Ramush kiritdi. PSJ uchrashuvni faol boshladi va dastlabki daqiqalardan tashabbusni o'z qo'liga oldi.
Barcola, Kvaratsxeliya va Vitinya bir necha xavfli hujumlar tashkil etishdi, ammo mehmonlar darvozaboni Mehdi Dyuf zarbalarni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Ikkinchi bo'limda PSJ bosimni oshirib, "Nitssa" himoyasini sinovdan o'tkazdi, lekin Vitinya va Ramushning zarbalari o'z maqsadiga yetmadi, to'p bir necha bor darvoza ustuni va tirgakka tegib qaytdi.
Bosh murabbiy Luis Enrike o'yinga o'zgartirishlar kiritib, tezlik qo'shish maqsadida Dembele va Li Kan-Inni maydonga tushirdi. Shunga qaramay, vaqt o'tib borar, hisob esa ochilmas edi.
90-daqiqada PSJ hal qiluvchi hujumni amalga oshirdi. O'ng qanotdan yo'llangan uzatmadan so'ng Ramush havo kurashida ustunlikni qo'lga kiritib, bosh bilan aniq zarba berdi.
Dyuf bu to'pni qaytara olmadi — 1:0. Bu gol parijliklarga muhim uch ochkoni taqdim etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar