date

Shomurodov va Fayzullayev ilk daqiqalardan maydonga tushishi kutilmoqda

Shomurodov va Fayzullayev ilk daqiqalardan maydonga tushishi kutilmoqda

Turkiya Superligasining 17-turi doirasida «Istanbul Bashakshehir» o‘z maydonida «Gaziantep» jamoasini qabul qiladi. Ushbu bahs har ikki jamoa uchun ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uch ochko uchun keskin kurash kutilmoqda.

Nuri Shahin boshchiligidagi «Bashakshehir» Turkiya Kubogida «Galatasaroy»dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin muxlislar oldida o‘zini oqlash va chempionatdagi holatini yaxshilashni maqsad qilgan. Jamoa aynan Superligada g‘alabali yo‘lga qaytishni rejalashtiryapti.

Safardagi «Gaziantep» esa yaqinda Burak Yilmazni bosh murabbiy etib tayinlaganidan so‘ng yangi ruh bilan harakat qilmoqda. Klub rahbariyati va jamoa ushbu uchrashuvda g‘alaba qozonib, turnir jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarilishni oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Fotomac nashri ma’lum qilishicha, bahsda O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev ilk daqiqalardan maydonga tushishi kutilmoqda. Bu esa o‘zbekistonlik muxlislar uchun o‘yinga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirmoqda.

Taxminiy tarkiblar quyidagicha:

  • «Bashakshehir»: Muxammed, Onur, Duarte, Opoku, Omer Ali, Krespo, Umut, Eldor Shomurodov, Abbosbek Fayzullayev, Xarit, Selke.
  • «Gaziantep»: Zafer, Tayyip, Abena, Semix, Peres, Kamara, Melix, Rodriges, Kozlovski, Bayo, Maksi.

Ma’lumot uchun, uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi. Muxlislar o‘zbekistonlik legionerlar ishtirokidagi ushbu bahsdan yuqori darajadagi o‘yin va intriga kutishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Shomurodov va Fayzullayev ilk daqiqalardan maydonga tushishi kutilmoqda