
Bavariya Bundesliganing to‘qqizinchi turida Leverkuzendan ustun keldi. Myunxendagi "Allianz Arena" stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Vensan Kompani jamoasi to‘liq ustunlikni saqlab, 3:0 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvning 25-daqiqasida Sergen Gnabri tezkor qarshi hujumdan so‘ng darvozaning burchagiga aniq zarba yo‘llab, hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay, Lyaymerning o‘ng qanotdan uzatgan to‘pini Jekson muvaffaqiyatli yakunlab, ustunlikni ikki barobarga oshirdi.
Mehmonlar o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishdi va deyarli xavfli vaziyatlar yarata olishmadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Bavariyaning xG ko‘rsatkichi 1.97 ga teng bo‘lgan bo‘lsa, Leverkuzennikisi atigi 0.17 edi.
Shik va Xofmannning o‘yinni o‘zgartirishga bo‘lgan urinishlari muvaffaqiyatsiz kechdi. Tanaffusga qadar Bavariya hisobni 3:0 ga yetkazdi.
Uchinchi golni Badi avto-gol ko‘rinishida kiritdi, u Gerreyroning pastdan uzatgan to‘pini to‘xtatishga uringan edi. Ikkinchi bo‘limda myunxenliklar tempni sekinlatib, to‘pni nazorat qilishda davom etishdi.
Maydonga Keyn va Pavlovich tushirildi, ammo hisob o‘zgarmadi. "Bayer" esa o‘zgarishlar qilishga harakat qildi, lekin raqib darvozasiga xavfli hujumlar uyushtira olmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar