Messi qisqa muddatga Yevropa maydoniga qaytishi mumkin

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Turkiyaning «Galatasaroy» klubi bilan qisqa fursatli shartnoma imzolash variantini ko‘rib chiqayotgani xabar qilinmoqda. Bu haqda turkiyalik jurnalist Levent Tyuzemen ma’lum qildi.
Manba ta’kidlashicha, Messi navbatdagi jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonida yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istamoqda. Shu bilan birga, u klubga noodatiy talab qo‘ygan — futbolchi faqat Istanbulda o‘tadigan uy uchrashuvlarida maydonga tushishga rozi.
Ayni damda yulduz futbolchi AQSHning «Inter Mayami» jamoasi bilan shartnoma asosida harakat qilmoqda. O‘tgan mavsum davomida u chempionat doirasida 34 ta bellashuvda ishtirok etib, 35 ta gol muallifi bo‘ldi hamda jamoadoshlariga 28 marta golli uzatma amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!