Imronning katta konserti: muxlislarni unutilmas uch kecha kutmoqda

Xonanda Imron 2026 yilgi konsert dasturi sanalarini rasman e’lon qildi. U 6, 7 va 8 fevral kunlari Toshkent shahridagi “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi sahnasida muxlislari uchun konsert dasturini taqdim etadi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu konsertlar davomida tomoshabinlarni yoqimli musiqalar, yuqori kayfiyat va kutilmagan syurprizlarga boy dastur kutib turibdi. Xonanda muxlislariga unutilmas, samimiy va quvonchli lahzalar ulashishni maqsad qilgan.
Bu xabar Imron ijodini qadrlaydigan muxlislar uchun kutilmagan va juda quvonarli yangilik bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muxlislar konsertga albatta borishini yozib qoldirib, san’atkorni qo‘llab-quvvatlayotganini bildirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing