date

O‘zbekiston bokschilari finalga yo‘l oldi


O‘zbekiston bokschilari yarim final janglarida yuqori natijalarni qayd etib, finalga yo‘l olishdi. Bir sportchimiz esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.

48 kg vazn toifasida Farzona Fazilova ukrainalik bokschi Anna Okotani 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘l oldi. 70 kg vazn toifasida Aziza Zokirova ukrainalik Anastasiya Chernokolenkoni 5:0 hisobida yengdi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

80 kg dan yuqori vaznli bellashuvda Altinay Sotimboyeva Qozog‘iston vakili Asel To‘qtasinni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medal uchun kurashni davom ettiradi. 65 kg vazn toifasida Adhamjon Muxiddinov yaponiyalik Shion Nishiyamaga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Shu tariqa, u turnirning bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 90 kg vazn toifasida Nusrabbek To‘xirov polshalik Yakub Tutak-Adomni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, final jangiga yo‘l oldi.

90 kg dan yuqori vazn toifasida Xalimjon Mamasoliyev janubiy koreyalik Ju Taeyunni 5:0 hisobida yengdi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston bokschilari finalga yo‘l oldi