date

Superkubok el klasikosida Mbappe startda tushishi mumkin

Superkubok el klasikosida Mbappe startda tushishi mumkin

Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona» va Madridning «Real» jamoasi sovrin uchun to‘qnash keladi. Final oldidan ehtimoliy asosiy tarkiblar ham muhokama markazida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Barselona»ning taxminiy tarkibi: Joan Garsiya (darvozabon), Balde, Kubarsi, Erik Garsiya, Kunde, de Yong, Pedri, Rafinya Dias, Olmo, Yamal, Ferran Torres.

«Real»ning taxminiy tarkibi: Kurtua (darvozabon), Karreras, Xyoysen, Asensio, Valverde, Kamavinga, Tchuameni, Vinisius Junior, Bellingem, Rodrigo, Mbappe.

Kataloniyaliklarda darvozabon Mark-Andre ter Shtegen, shuningdek Andreas Kristensen va Gavi jarohat sabab safdan chiqqan. «Real»da esa Eder Militao hamda Ferlan Mendi tiklanish jarayonida, Brahim Dias esa Marokash terma jamoasi bilan Afrika kubogida.

Kilian Mbappe jarohatdan keyin tiklanib, Saudiya Arabistoniga yetib kelgan. Shunga qaramay, uning finaldagi ishtiroki hanuz savol ostida, biroq ehtimol u o‘yinni asosiy tarkibda boshlashi mumkin.

«Barselona»da Ronald Arauxoni ilk daqiqalardan maydonda ko‘rish qiyin. Himoyachi so‘nggi paytlarda psixologik muammolarni yengib o‘tishga urinayotgani aytilmoqda.

Yarim finalda «Barselona» «Atletik» Bilbaoni 5:0 hisobida tor-mor etdi. «Real» esa Madrid derbisida «Atletiko» ustidan ancha mashaqqatli g‘alabani qo‘lga kiritdi — 2:1.

Uchrashuv 11-yanvar kuni Jiddadagi «King Abdulla Sport Siti» stadionida bo‘lib o‘tadi va 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Superkubok el klasikosida Mbappe startda tushishi mumkin