Palladino jamoada mustahkam loyiha shakllanayotganini aytdi

A Seriyaning 20-turida «Atalanta» «Torino»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu natija Raffaele Palladino uchun klub boshqaruvida qo‘lga kiritilgan navbatdagi muhim g‘alabalardan biri bo‘ldi: u Ivan Yurich o‘rnini egallaganidan beri jamoa Palladino qo‘l ostida to‘qqizinchi marta zafar quchdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis o‘yin sifatidan mamnunligini yashirmadi. «Biz o‘sib boryapmiz, bajarilayotgan ish menga yoqmoqda. Hujumda futbolchilar yanada sovuqqon va shafqatsizroq bo‘lishini istayman. Bugun himoyada ham, hujumda ham yaxshi harakat qildik — bu taktik jihatdan to‘g‘ri olib borilgan uchrashuv bo‘ldi», — deya Palladinoning so‘zlarini calcioatalanta.it keltiradi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Atalanta» A Seriya turnir jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!