Manchester Siti va Nyukasl o'yinida Husanov zaxirada

22 noyabr, 2025 yil. Angliya Premer-ligasining 12-turida "Manchester Siti" jamoasi safarda "Nyukasl"ga qarshi maydonga tushadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Pep Gvardiola jamoasining o‘yin qaydnomasiga kiritilgan. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanadi.
Asosiy tarkib: Donnarumma, Nunes, Dias, Gvardiol, O’Reyli, Lyuis, Bernardu Silva, Foden, Cherki, Doku, Holand.
Zaxiradagi futbolchilar: Trafford, Reynders, Stounz, Ake, Mamush, Ayt-Nuri, Savinyo, Husanov, Bobb.
Pep Gvardiola jamoasi o‘yin oldidan muvaffaqiyatli seriyani davom ettirib kelmoqda, biroq "Sent-Jeyms Park" maydonida o‘ynash an’anaviy ravishda yuqori darajada e’tibor va tayyorgarlikni talab qiladi. Murabbiylar shtabi o‘yin sur’atini boshqarish va qanotlardan tezkor o‘tishlarga, xususan, Foden va Doku orqali kuchli hujumlar uyushtirishga e’tibor qaratmoqda.