date

Phuketda O‘zbekiston fuqarosi voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilgani uchun hibsga olindi

Phuketda O‘zbekiston fuqarosi voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilgani uchun hibsga olindi

Tailandning Phuket orolida 37 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 16 yoshli qizga nisbatan jinsiy tegajog‘likda gumonlanib qo‘lga olindi. Unga nisbatan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanishi mumkin. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.

The Phuket News xabariga ko‘ra, voqea 11-yanvar kuni soat 22:20 da (Toshkent vaqti bilan) Mai Khao hududidagi Golden Cat restoranida sodir bo‘lgan. Gumonlanuvchi hojatxonadan chiqayotgan 16 yoshli mahalliy qizning yo‘lini to‘sib, uni kuch ishlatib ichkariga qaytargan va ko‘kragiga teggan.

Qizning baqir-chaqiriga restoran mijozlari yugurib kelib, erkakni politsiya yetib kelguniga qadar ushlab turgan. Keyin u huquq-tartibot idorasiga olib ketilgan.

Qayd etilishicha, Tailand qonunchiligida voyaga yetmaganlarga nisbatan nojo‘ya xatti-harakatlar qat’iy jazolanadi. Amaldagi me’yorlarga ko‘ra, o‘zaro roziliksiz teginishlar og‘ir jinoyat hisoblanib, 10 yilgacha qamoq jazosi bilan jazolanishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Phuketda O‘zbekiston fuqarosi voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilgani uchun hibsga olindi