Feruza Normatova va psixolog o‘rtasida janjal: video muhokamada!

Aktrisa Feruza Normatova va psixolog o‘rtasida yuzaga kelgan janjalga oid video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Hodisa tadbirlardan birida yuz bergan bo‘lib, aktrisa ushbu tadbirda boshlovchilik xizmatini qilayotgan edi.
Voqea shundan iboratki, tadbir ishtirokchilariga orzular xaritasi haqida gapirayotgan psixologning harakatlariga Feruza Normatova e’tiroz bildirdi. U psixologning omma oldida din haqida gapirishga haqqi yo‘qligini ta’kidladi va buning uchun qonunchilikda javobgarlik mavjudligini eslatdi. Shundan so‘ng aktrisa xizmatini yakunlab, tadbirni tark etdi.
Hozirgi vaqtda ushbu video ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokama qilinmoqda. Ko‘plab foydalanuvchilar voqeani turlicha talqin qilib, o‘z fikrlarini bildirmoqda. Ba’zi kuzatuvchilar Feruza Normatovaning qat’iy pozitsiyasini ma’qullagan bo‘lsa, boshqalar esa holatga boshqacha baho bermoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!