Ustyurt mintaqasida yangi tabiiy gaz oqimi aniqlandi

2026 yil 10 yanvarda Ustyurt mintaqasidagi “Mo‘ynoq” koni yaqinida joylashgan Shagirlik-quyi Yura 2-sonli izlov qudug‘ida sanoat miqyosida tabiiy gaz oqimi aniqlangan. Quduq 5 265 metr chuqurlikkacha burg‘ilangan bo‘lib, 5 061–5 265 metr oralig‘ida tabiiy gaz uyumlari topildi.
Ushbu izlov ishlari “O‘zbekgeofizika” AJ va “Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti” DM tomonidan amalga oshirilmoqda. Yaqin kelajakda maydonda 3 va 4-sonli izlov quduqlarini burg‘ilash rejalashtirilgan.
Aniqlangan tabiiy gaz oqimi hududdagi energetika salohiyatini oshirish va neft-gaz kompleksining rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. Shu bilan birga, izlov va burg‘ilash ishlari yuqori professional standartlar va xavfsizlik qoidalariga muvofiq olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!