Fabio Kapello Milan o'yinidagi beqarorlik sabablarini aytdi

Italiyaning “Milan” klubi hamda Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello hozirgi “Milan” duch kelayotgan qiyinchiliklar haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, muammo ko‘proq murabbiyga emas, futbolchilarning sifatiga va jamoaning barqaror o‘yin ko‘rsata olishiga bog‘liq. Kapelloga ko‘ra, har qanday jamoaning asosiy “dvigateli” darvozabon, markaziy himoyachi, markaziy yarim himoyachi va markaziy hujumchidan iborat tayanch vertikal hisoblanadi. U “Inter” va “Napoli”da bu tizim joyida ekanini, “Milan”da esa u qadar mukammal shakllanmaganini qayd etdi.
Shuningdek, Kapello “Milan” ayrim futbolchilarning individual mahoratiga haddan tashqari tayanib qolayotganini aytdi: ulardan biri o‘yinini topa olmasa, butun jamoa ritmi pasayib ketadi.
Hozirda “Milan” A Seriyada uchinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!