Lamin Yamal Barselonadagi starti bilan Messidan o'zib ketdi

Ispaniya Superkubogi finalida Kataloniyaning “Barselona”si Madridning “Real”ini 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda “ko‘k-anorranglilar” safida 18 yoshli qanot hujumchisi Lamin Yamal ham maydonga tushdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yamal ushbu g‘alaba orqali faoliyatidagi beshinchi sovrinni qo‘lga kiritdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha yoshligida Lionel Messidan ustun chiqdi. Messi ayni yoshida “Barselona” bilan atigi ikki titulni yutgan edi.
“Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Laminning transfer bozori qiymati 200 million yevroga baholanmoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil iyun oyining oxirigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing