Agent Djikiya Antalyasporni tark etmoqchi emasligini aytdi

Turkiyaning «Antalyaspor» klubida to‘p surayotgan himoyachi Georgiy Djikiyaning agenti Vladimir Kuzmichyov futbolchining jamoani tark etishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning aytishicha, bu borada unga hech kim murojaat qilmagan. Kuzmichyov «RB Sport»ga bergan izohida Djikiya hozir ham «Antalyaspor» futbolchisi ekanini, klub unga ishonishini va futbolchi jamoani tark etishni rejalashtirmayotganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, rossiyalik himoyachi o‘tgan yozda «Antalyaspor» safiga qo‘shilgan va klub bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.
Joriy mavsumda 32 yoshli Djikiya barcha musobaqalarni hisobga olganda 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
U avvalroq «Ximki», «Spartak», «Amkar», «Ximik», «Spartak-Nalchik» va «Lokomotiv» klublari sharafini ham himoya qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!