Afgʻoniston togʻ-kon mutaxassislari Oʻzbekistonda malaka oshirmoqda

Afgʻoniston Togʻ-kon sanoati va neft vazirligining texnik delegatsiyasi konchilik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurdi.
Oʻzbekiston togʻ-kon va geologiya sohasida boy tajribaga ega bo‘lib, ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik doirasida afgʻon mutaxassislar 28 kunlik malaka oshirish kursida ishtirok etadilar. Kurs davomida ular zamonaviy texnologiyalar, konchilik jarayonlari va geologik tadqiqot metodlari bilan tanishadi.
Dastur “Uzbek Overseas Geology Company” homiyligida Geologiya fanlari universiteti huzuridagi “Togʻ-kon va geologiya sohasi xodimlari malakasini oshirish instituti”da oʻtkazilmoqda. Kurs “Geologiya-qidiruv va konchilik sanoatida laboratoriya va analitik tadqiqotlar” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, amaliy mashg‘ulotlar va laboratoriya tadqiqotlarini o‘z ichiga oladi.
Ushbu tashrif ikki mamlakat oʻrtasida togʻ-kon sohasidagi professional aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish va malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!