O‘zbekistonda oltin quymalari narxi tarixiy maksimumni yangiladi

12-yanvar kuni O‘zbekistonda 5 grammli oltin quymasi narxi 9 million so‘mga yetib, rekord ko‘rsatkich qayd etildi. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 1 gramm oltin 1,8 million so‘mga baholangan, 10 grammli quymaning qiymati esa 18 million so‘mni tashkil qilgan.
Oltin narxining ko‘tarilishi jahon bozorlaridagi o‘sish bilan izohlanmoqda. COMEX (Nyu-York tovar birjasi) savdolarida oltinning bir troy unsiyasi 4,5 ming dollarga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil noyabrida O‘zbekiston dunyodagi eng yirik uchta oltin xaridori qatoridan joy olgandi. O‘shanda Markaziy bank bir oy ichida 10 tonna qimmatbaho metall sotib olgan.
























Izohlar 0
…