date

O'zbekiston 2026 JCh qur'asida 3-savatchada

O'zbekiston 2026 JCh qur'asida 3-savatchada
Futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi qur'asida uchinchi savatchaga tushdi. FIFA xabariga ko'ra, ushbu savatchada Norvegiya, Shotlandiya va Paragvay jamoalari ham joylashgan.

Shuningdek, savatchada Panama, Misr, Jazoir, Tunis, Fil Suyagi Qirg'og'i, Qatar, Saudiya Arabistoni va Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoalari ham bor. FIFA yangi pley-off tizimi haqida ham ma'lumot berdi.

Unga ko'ra, reytingi yuqori jamoalar musobaqaning finaliga qadar bir-biri bilan to'qnash kelmasligi uchun ajratiladi. Masalan, reytingda birinchi va ikkinchi o'rinlarda turgan Ispaniya va Argentina, shuningdek, uchinchi va to'rtinchi o'rinlardagi Fransiya va Angliya faqat finalda uchrashishi mumkin.

Guruh bosqichi qur'asi 5 dekabr kuni o'tkaziladi. 2026 yilgi Jahon chempionati tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirokida bo'lib o'tadi.

Shuningdek, musobaqa bir vaqtning o'zida uch mamlakat — AQSh, Kanada va Meksikada o'tkaziladi. Turnir 11 iyun kuni boshlanib, 19 iyulga qadar davom etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » O'zbekiston 2026 JCh qur'asida 3-savatchada