date

Kompani Dias va Oliseni Riberi hamda Robben bilan qiyoslamadi

Kompani Dias va Oliseni Riberi hamda Robben bilan qiyoslamadi

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani Luis Dias va Maykl Oliseni Fransk Riberi hamda Ar'yen Robben bilan taqqoslashlar haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kolumbiyalik Dias va fransuz Olise so'nggi paytlarda «Bavariya»dagi eng kuchli vingerlar tandemi sifatida tilga olinmoqda — muxlislar ularni Riberi va Robben davridan beri eng yaxshi juftlik deb atayapti.

«Hozircha ularni solishtirishni istamayman. Riberi va Robbenni juda hurmat qilaman, ularga qarshi o'ynash ham nasib qilgan. “Lucho” va Maykl o'z yo'lidan borishi kerak. Gap faqat individual mahoratda emas, jamoaviy sovrinlar ham muhim. Agar ular “Bavariya” bilan ko'plab muhim trofeylarni qo'lga kiritsa, balki shunda bunday qiyoslar o'rinli bo'lar, hozir esa yo'q», — dedi Kompani matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, Luis Dias «Bavariya» safiga o'tgan yozda qo'shilgan, Maykl Olise esa jamoaga 2024 yilda kelib qo'shilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kompani Dias va Oliseni Riberi hamda Robben bilan qiyoslamadi