date

Ronaldu mashgulotdan suratlar joylab, bir so'z yozdi

Ronaldu mashgulotdan suratlar joylab, bir so'z yozdi

"Al-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu yakshanba oqshomida ijtimoiy tarmoqlarda mashgulotdan olingan bir nechta suratlarini ulashdi. 40 yoshli futbolchi bu kadrlarga atigi bitta so'z bilan izoh qoldirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

"Ketdik!" — deb yozdi Ronaldu.

Dushanba oqshomida "Al-Nasr" Saudiya Arabistoni Pro-ligasida "Al-Hilol"ga qarshi juda muhim uchrashuvda maydonga tushadi. Hozirda jamoalar turnir jadvalining ilk ikki pogonasini egallab turibdi: 13 turdan keyin "Al-Hilol"da 35 ochko, "Al-Nasr"da esa 31 ochko bor.

Shuni ham aytish kerakki, Ronaldu jamoasi chempionatdagi so'nggi uch uchrashuvda bor-yo'g'i bir ochko jamg'argan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu mashgulotdan suratlar joylab, bir so'z yozdi