De Laurentiis Napoli o'yinini ertaknamo deb atadi

De Laurentiis Napoli o'yinini ertaknamo deb atadi

Italiya A Seriyasining 20-turida «Napoli» «Inter»ga qarshi bahsda ikki bor hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvdan so'ng klub prezidenti Aurelio de Laurentiis jamoasining xarakteri va o'yinidan mamnun ekanini yashirmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Ajoyib, juda chiroyli o'yin bo'ldi! «Napoli» haqiqiy ertaknamo ko'rindi, sababi tarkibimizda to'qqiz futbolchi yo'q edi. Agar ular maydonda bo'lganida, natijalarimiz yanada yaxshiroq chiqardi», — deya de Laurentiisning so'zlarini keltiradi calcionapoli1926.it.

Ushbu durangdan keyin «Napoli» peshqadam «Inter»dan to'rt ochko ortda qolmoqda, ular orasida esa «Milan» joylashgan. Eslatib o'tamiz, neapolliklar amaldagi Italiya chempioni hisoblanadi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar