date

Martines Ronalduga JCH-2026 oldidan raqobat kuchayishini eslatdi

Martines Ronalduga JCH-2026 oldidan raqobat kuchayishini eslatdi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Krishtianu Ronalduga 2026 yilgi jahon chempionati oldidan hujum chizig'ida raqobat yanada kuchayishini bildirib o'tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis mundial uchun tarkibda ikki emas, uch nafar markaziy hujumchini ro'yxatga kiritishni rejalashtirmoqda. Martinesning aytishicha, terma jamoa eshiklari hamisha ochiq, biroq aynan raqobat tarkibga kirishni ancha murakkablashtiradi. Unga ko'ra, uchinchi hujumchi pozitsiyasi JCH-2026da muhim rol o'ynaydi.

Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi jahon chempionatiga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi. Amaldagi jahon chempioni maqomini Argentina terma jamoasi himoya qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Martines Ronalduga JCH-2026 oldidan raqobat kuchayishini eslatdi