date

Luis Enrike kelajagi haqidagi mish-mishlarga javob berdi

Luis Enrike kelajagi haqidagi mish-mishlarga javob berdi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike o‘z kelajagi borasida tarqalgan shov-shuvli xabarlarga munosabat bildirdi. Avvalroq ispaniyalik mutaxassis fransuz grandining yangi shartnoma taklifini rad etgani haqida ma’lumotlar chiqqan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Enrike bu gaplarni PSJ atrofida doim aylanib yuradigan navbatdagi mish-mishlar, hatto ko‘plab soxta yangiliklar deya baholadi. Uning aytishicha, bunday xabarlar futbolchilar va jamoa muhitini izdan chiqarishga urinish bo‘lsa-da, bunga erishib bo‘lmaydi. Murabbiy muzokaralar bo‘lishi tabiiy holat ekanini, biroq bunday jarayonlar doimo yopiq qolishini ta’kidladi. Bu fikrlarni jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda keltirdi.

Hozirgi shartnoma Luis Enrikeni PSJ bilan 2026/2027 yilgi mavsum yakunigacha bog‘lab turibdi. Ispaniyalik murabbiy qo‘l ostida parijliklar 10 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike kelajagi haqidagi mish-mishlarga javob berdi