Arteta Havertsning qaytishini jamoa uchun muhim deb atadi

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta hujumchi Kay Haverts jamoaga yana qaytgani «kanonirlar» uchun katta ahamiyatga egaligini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Nemis futbolchi 2025/2026 yilgi mavsumning ilk yarmida jarohat sababli uzoq muddat safdan chiqqan va shu bois jamoa uning yordamidan ancha vaqt foydalana olmadi.
Artetaning aytishicha, Haverts jamoaga juda zarur: endi murabbiylar shtabi futbolchining jismoniy holatini ehtiyotkorlik bilan tiklab, optimal formaga olib chiqishga e’tibor qaratadi. Bu fikrlarni insayder Fabritsio Romano keltirdi.
Joriy mavsumda 26 yoshli forvard APLda atigi bitta, Angliya kubogida ham bitta o‘yinda maydonga tushdi, biroq hozircha gol yoki assist bilan ajralib chiqmadi.
Havertsning «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Uning bozor bahosi 55 million yevroga teng.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!