Yuventus Barselona nishonini qo'lga kiritishiga ishonmoqda

"Bornmut" markaziy himoyachisi Markos Senesi hali ham "Yuventus" kuzatuvida qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
28 yoshli argentinalik futbolchining "giloslar" bilan amaldagi shartnomasi olti oydan keyin yakunlanadi. Turin klubi aynan shu vaziyatdan foydalanib, Senesini erkin agent sifatida tarkibga qo'shib olishni mo'ljallamoqda. "Gazeta.Ru" Tuttosportga tayanib yozishicha, "Yuventus" bu bitimni "Barselona" qiziqishiga qaramay yakunlashiga ishonchi komil.
Transfermarkt Markos Senesining bozor qiymatini 22 million yevroga baholagan. Joriy mavsumda u "Bornmut" safida barcha turnirlarda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta golga assist muallifi bo'ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing