date

Jahongir Sindarov Toshkentda tantanali kutib olindi

Jahongir Sindarov Toshkentda tantanali kutib olindi
Bugun Toshkent xalqaro aeroportiga Dehli shahridan HY-424 reysi bilan FIDE Jahon kubogi g'olibi, 19 yoshli grossmeyster Javohir Sindarov keldi. U ushbu musobaqa tarixidagi eng yosh chempion bo'ldi.

Ichki aviatsiya terminalida Sindarov uchun tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi. Uni tabriklash uchun O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov, sport tashkilotlari vakillari, shaxmatchilar va uning oila a’zolari yig‘ilishdi.

Kecha Sindarov Jahon kubogi finalida Xitoylik grossmeyster Vey Ini mag‘lub etib, 2026 yilgi Da’vogarlar turniriga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jahongir Sindarov Toshkentda tantanali kutib olindi