date

Noyer Bavariyaning 8:1 hisobidagi g'alabasini sharhladi

Noyer Bavariyaning 8:1 hisobidagi g'alabasini sharhladi

«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer «Volfsburg» ustidan 8:1 hisobida qozonilgan yirik g'alabadan keyin o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Myunxen klubi muvaffaqiyatga Maykl Olisening dublini, shuningdek «bo'rilar» tomonidan kiritilgan ikki avtogolni qo'shib, raqibni butunlay taslim etdi. Yana Luis Dias, Rafael Gerreyru, Garri Keyn va Leon Goretska bittadan gol muallifi bo'ldi.

«Juda yoqimli hissiyot. Yil boshidagi ilk uy uchrashuvini sifatli o'tkazishga qat'iy bel bog'lagandik va buni a'lo darajada uddaladik. Juda mamnunmiz», — dedi Noyer DAZN’ga bergan intervyusida.

Darvozabon jamoada har bir futbolchining o'rni muhimligini ta'kidladi: «Har kim maksimal foyda keltirishni xohlaydi. Biz doim yana va yana gol urishga intilamiz — natijalar buni ko'rsatib turibdi. Shu ruhda davom etishimiz kerak».

Vensan Kompani boshchiligidagi jamoa 14-yanvar kuni «Kyoln»ga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Noyer Bavariyaning 8:1 hisobidagi g'alabasini sharhladi