Juan Jezus Napoli Interga qarshi durangdan mamnun

Italiya A Seriyasining 20-turida “Inter” o‘z maydonida “Napoli”ni to‘xtata olmadi — uchrashuv durang bilan yakunlandi. Neapolliklar safidagi braziliyalik himoyachi Juan Jezus bahsdan so‘ng natijani ijobiy baholadi va safarda mag‘lub bo‘lmagani jamoa uchun muhim bo‘lganini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Biz uchun eng asosiysi — yutqazmaslik edi, g‘alaba esa keyingi masala. Juda yaxshi o‘ynadik. Konte yon chiziqda juda hissiyotli edi, balki aynan shu bizning yutqazmasligimizga yordam bergandir. Futbolchilar reaksiyaning zarurligini tushunishdi”, — deya Juan Jezusning so‘zlarini fcinter1908.it keltirdi.
Turdan keyin Milan klubi chempionat jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi, “Napoli” esa uchinchi o‘rinda bormoqda. Ularning orasida “Milan” joylashgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!