Rafinya Real ustidan g'alabadan so'ng hislarini aytdi

Rafinya Real ustidan g'alabadan so'ng hislarini aytdi

Barselona” hujumchisi Rafinya Dias Ispaniya Superkubogi finalida Madridning “Real”ini 3:2 hisobida yengganidan keyin o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Braziliyalik vinger uchrashuvda dubl qayd etdi: 36-daqiqada hisobni ochdi, 73-daqiqada esa g'alaba golini urib, jamoasiga kubokni taqdim etdi.

“Biz bu yerga dam olish uchun emas, yutish uchun keldik. O'ylaymanki, har ikki o'yinda ham yaxshi harakat qildik: vaziyatni nazorat qildik va munosib tarzda g'alabaga erishdik. Qachonki shunchalik jam bo'lsak, bizni yengish juda qiyin. Ikkinchi bo'limdagi o'yinimizdan mamnunman — kayfiyat juda yuqori edi, hammasi o'xshadi”, — deya Rafinyaning so'zlarini keltiradi Barca Universal.

Shu tariqa, “Barselona” bosh murabbiy Hans-Diter Flik qo'l ostida so'nggi bir yarim yil ichida o'zining to'rtinchi sovrinini qo'lga kiritdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar