Argentinaning Kilm'es klubi stadionini qayta qurish uchun muxlislarni chaqirdi

1887 yilda tashkil topgan va Argentinadagi eng qadimiy klublardan biri hisoblangan «Kilm'es» hozir og'ir davrni boshdan kechirmoqda. Jamoa rahbariyati klubni oyoqqa turg'izish va infratuzilmani yaxshilash uchun muxlislar yordamiga muhtoj. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub stadionni qayta qurish bo'yicha rejalarini e'lon qilar ekan, odatdagidek moliyaviy xayriya so'rash bilan cheklanib qolmadi. Aksincha, «Kilm'es» tarafdorlariga eski usulda stadionga kelib, jismoniy mehnat orqali qurilish-ta'mirlash ishlarida ishtirok etish taklif qilindi.
Janubiy yarimsharda yozning jazirama kunlari hukm surayotganiga qaramay, muxlislar klub chaqirig'ini iliq qabul qildi va yordam berishga tayyor ekanini bildirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing