date

Gvardiola "PSJ" va "Bavariya" o'yini o'rniga uchinchi divizionni tanladi

Gvardiola "PSJ" va "Bavariya" o'yini o'rniga uchinchi divizionni tanladi

"PSJ" va "Bavariya" o'rtasidagi Chempionlar ligasi o'yini vaqtida Pep Gvardiola Angliya uchinchi divizioni uchrashuvini tomosha qildi. "Man Siti" bosh murabbiyi ushbu qarori sababini tushuntirdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Kataloniyalik mutaxassis "Stokport Kaunti" va "Port Veyl" jamoalari o'rtasidagi bahsni kuzatish uchun "Ejli Park" stadioniga tashrif buyurdi. Juma kungi matbuot anjumanida undan nima uchun bunday tanlov qilgani so'raldi.

Gvardiola hazil tariqasida shunday javob berdi: «Kecha taqvimni ko'rdim, "PSJ" va "Bavariya" o'yinini ko'rib, qanday yomon o'yin deb o'yladim. Murabbiylar yaxshi emas, futbolchilar ham yomon.

Men ingliz futbolini yaxshi ko'raman, shuning uchun Stokportni tanladim».

Aslida, "PSJ" va "Bavariya"ni boshqarayotgan Luis Enrike hamda Vensan Kompani bevosita Gvardiola bilan birga ishlagan. Kompani uning qo'l ostida "Man Siti" sardori bo'lgan, Enrike esa "Barselona" o'rinbosarlarini boshqargan.

Hozirda "Man Siti" Angliya Premyer ligasida "Arsenal" bilan chempionlik uchun kurashmoqda. Jamoa Liga kubogini qo'lga kiritdi va 16 may kuni Angliya kubogi finalida "Chelsi"ga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola "PSJ" va "Bavariya" o'yini o'rniga uchinchi divizionni tanladi