"Honor 600" smartfonlari global bozorda sotuvga chiqdi

"Honor 600" va "Honor 600 Pro" smartfonlari Yevropa, Yaqin Sharq, Afrika hamda Janubi-Sharqiy Osiyo bozorlarida sotuvga chiqdi. Ishlab chiqaruvchining ma'lum qilishicha, yangi seriya oldindan buyurtmalar bo'yicha "Honor 400" natijalarini ortda qoldirgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Gongkong bozorida oldingi avlodga nisbatan 60 foizlik o'sish qayd etildi. Malayziya va BAA bozorlarida esa butun seriya uchun oldindan buyurtmalar soni 150 foizdan ko'proqqa oshgan.
Baza modeli 6,57 dyuymli AMOLED ekran, 120 Gs yangilanish chastotasi va 8000 nit yorqinlikka ega. Qurilma "Snapdragon 7 Gen 4" protsessori va 12 GB tezkor xotira bilan jihozlangan.
Asosiy kamera 200 va 12 megapikselli sensorlarni o'z ichiga oladi.
"Honor 600 Pro" versiyasi kuchliroq "Snapdragon 8 Elite" platformasi va 3,5 karrali zumga ega 50 megapikselli qo'shimcha kamera bilan ta'minlangan. Yevropa bozori uchun mo'ljallangan versiyalarda akkumulyator sig'imi 7000 mA/soatdan 6400 mA/soatga kamaytirilgan.
Ikkala model ham "Android 16" operatsion tizimida ishlaydi va 6 yillik yangilanishlarni oladi. Yevropada tayanch model xotira hajmiga qarab 550 dan 700 yevrogacha, Pro versiyasi esa 1000 yevrodan sotilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!