May oyida issiq kuchayadi va yomgʻirlar bilan ob-havo oʻzgarishi kutilmoqda

May oyida issiq kuchayadi va yomgʻirlar bilan ob-havo oʻzgarishi kutilmoqda
Qisqacha

2026 yil may oyida O'zbekistonda ob-havo odatdagidan iliq va o'zgaruvchan bo'lishi kutilmoqda. Sinoptiklar oy davomida harorat 1,5–2 daraja yuqori bo'lishini prognoz qilmoqda, bu esa aholini isishi va qisqa muddatli yomg'irlar bilan sinovdan o'tkazadi. Birinchi besh kunda ob-havo beqaror bo'lib, ayrim hududlarda yomg'irlar va kuchli shamollar kuzatilishi mumkin. Umuman olganda, may oyida haroratning keskin o'zgarishi va kutilmagan yomg'irlar bo'lishi ehtimoli mavjud.

Oʻzbekistonda 2026 yil may oyi odatdagidan iliq va oʻzgaruvchan ob-havo bilan esda qolishi kutilmoqda. Sinoptiklar maʼlumotiga koʻra, oy davomida oʻrtacha harorat iqlimiy meʼyordan 1,5–2 darajaga yuqori boʻladi. Bu esa aholini bir tomondan issiq kunlar, ikkinchi tomondan esa qisqa muddatli momaqaldiroqli yomgʻirlar bilan “sinovdan” oʻtkazadi.

May oyining birinchi besh kunligida ob-havo beqaror tus oladi. Ayrim hududlarda qisqa muddatli yomgʻirlar yogʻishi, ularga momaqaldiroq hamroh boʻlishi va kuchli shamollar kuzatilishi mumkin. Bu davrda kunduzgi harorat +22…+27 daraja atrofida boʻlishi prognoz qilinmoqda.

Oyning ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklarida harorat fonida keskin oʻzgarishlar kuzatiladi. Kechalari havo +13…+23 darajagacha salqinlashsa, kunduz kunlari +25…+35 darajagacha isishi kutilmoqda. Bu esa ayrim kunlarda haqiqiy yoz nafasini his qilish imkonini beradi.

Ayniqsa, janubiy, shimoliy va choʻl hududlarda haroratning choʻqqi qiymatlari yanada yuqori boʻlishi mumkin. Baʼzi kunlari havo +36…+38 darajagacha qizishi ehtimoli bor. Bu holat ayniqsa ochiq havoda ishlaydiganlar va sayohat rejalayotganlar uchun muhim ogohlantirish hisoblanadi.

Shu bilan birga, umumiy isish fonida ham Oʻzgidromet butun oy davomida mahalliy momaqaldiroqli yomgʻirlar ehtimoli saqlanib qolishini maʼlum qilmoqda. Demak, quyoshli kunlar bilan birga kutilmagan yomgʻirlar ham kuzatilishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, may oyi “argʻimchoq” kabi — bir kuni issiq, bir kuni salqin va yomgʻirli boʻlishi kutilmoqda. Shuning uchun rejalarni ob-havoga qarab moslashtirish va ehtiyot choralarini koʻrish tavsiya etiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar