date

Daniel Sebalios va Alvaro Arbeloa oʻrtasida nizo keskinlashmoqda

Daniel Sebalios va Alvaro Arbeloa oʻrtasida nizo keskinlashmoqda

Madridning “Real” klubida ichki muhitga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan yana bir mojaro yuzaga keldi. Jamoa yarimhimoyachisi Daniel Sebalios va bosh murabbiy Alvaro Arbeloa oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgani va vaziyat ancha keskin tus olayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Football-espana nashri maʼlumotiga koʻra, 23 aprel kuni Sebalios va Arbeloa oʻrtasida alohida suhbat boʻlib oʻtgan. Unda futbolchi murabbiydan uni tinch qoʻyishni soʻragani aytilmoqda. Bu holat jamoa ichidagi munosabatlarda jiddiy muammolar borligini koʻrsatmoqda.

Maʼlum qilinishicha, Sebalios ushbu tushunmovchiliklar yanada kuchayib, kiyinish xonasidagi umumiy muhitga salbiy taʼsir oʻtkazishini istamagan. Shu sababli u vaziyatni ortiqcha keskinlashtirmaslikka harakat qilgan. Biroq bu qaror uning maydondagi ishtirokida ham aks etdi — keyingi kuni u “Betis”ga qarshi uchrashuv qaydnomasiga kiritilmadi.

Klub rahbariyati esa futbolchining bu harakatini boshqacha baholamoqda. Manbalarga koʻra, “Real” ichida Sebalios aynan shu yoʻl orqali jamoani tark etishni osonlashtirishga urinmoqda, degan fikrlar ham bor.

Taxminlarga koʻra, yaqin vaqt ichida tomonlar oʻrtasidagi kelishuv bekor qilinishi va futbolchi klubni tark etishi mumkin. Bu esa “Real” tarkibida yana bir oʻzgarishga sabab boʻlishi ehtimoldan holi emas.

Hozircha vaziyat rasman izohlanmagan boʻlsa-da, muxlislar va mutaxassislar diqqati aynan shu masalaga qaratilgan. Endi savol: bu nizo qanday yakun topadi — kelishuvmi yoki ajralishmi? Vaqt barchasini ochiqlaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Daniel Sebalios va Alvaro Arbeloa oʻrtasida nizo keskinlashmoqda