"Bavariya" hujumchisi Olise avtomobilida uxlab qolgan

"Bavariya" hujumchisi Olise avtomobilida uxlab qolgan
Qisqacha

"Бавария" hujumchisi Maykl Olise avtomobilida uxlab qolishi bilan mashhur. Sobiq murabbiyi Mark Bouen uning ertalab soat 5:30 da mashg'ulot bazasiga yetib kelish uchun yo'lga chiqishini va bazada uxlab qolishini aytadi. Olise avval "Arsenal", "Chelsi" va "Man Siti" yoshlar jamoalarida o'ynagan, ammo keyinchalik "Kristal Pelas" orqali "Bavariya"ga o'tdi. Hozirda u joriy mavsumda 47 ta o'yinda 20 ta gol va 29 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Maykl Olisening sobiq murabbiyi Mark Bouen "Bavariya" hujumchisining xotirjam tabiatiga xos qiziqarli voqeani so'zlab berdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

"Har tong mashg'ulot bazasiga kelganimda, Maykl o'z mashinasida uxlab yotgan bo'lardi", deb eslaydi "Reding" klubidagi sobiq murabbiy.

O'smirlik davrida Olise Londonda yashagan. U poytaxt tirbandliklariga tushmaslik uchun ertalab soat 5:30 da yo'lga chiqqan.

Baza avtoturargohiga yetib kelgach, rul boshida uxlab qolgan.

"Katta futbolchilar mendan uning qayerdaligini so'rashardi. Men esa ularga Maykl allaqachon avtoturargohda ekanligini aytardim.

Biz oynani taqillatib, uni mashg'ulot uchun uyg'otishga majbur bo'lardik", deydi Bouen.

Olise avvalroq "Arsenal", "Chelsi" va "Man Siti" yoshlar jamoalarida o'ynagan. Bouenning fikricha, bu klublar uning o'ziga bo'lgan ishonchini salbiy qabul qilib, undan voz kechgan bo'lishi mumkin.

Keyinchalik u "Kristal Pelas" orqali "Bavariya"ga 53 million yevro evaziga o'tdi. Hozirda iqtidorli futbolchi joriy mavsumda 47 ta o'yinda 20 ta gol va 29 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar