date

Polina Kudermetova Canberra Challenger turnirida kumush medalni qo'lga kiritdi

Polina Kudermetova Canberra Challenger turnirida kumush medalni qo'lga kiritdi

O‘zbekistonlik tennischi Polina Kudermetova Canberra Challenger turnirini ikkinchi o‘rin bilan yakunladi. Hal qiluvchi uchrashuvda u tayvanlik Joanna Garlandga 6:4, 6:2 hisobida imkoniyatni boy berdi, deya xabar bermoqda “UzA”.

Musobaqa natijalarga ko‘ra, Kudermetova 19,7 ming dollar mukofot puli ishlab oldi. Chempion bo‘lgan raqibasi esa 33,6 ming dollardan ortiq mablag‘ga ega chiqdi. WTA reytingi uchun Kudermetovaga 81 ochko, Garlandga esa 125 ochko berildi.

Polina Kudermetova o‘tgan yil oxiridan buyon O‘zbekiston sharafini himoya qilib kelmoqda. Bungacha u Rossiya nomidan kortga tushgan. O‘zbekiston terma jamoasiga o‘tgan paytda tennischi WTA reytingida 104-o‘rinda qayd etilgandi.

Sportchining murabbiyi — taniqli rossiyalik tennischi Dinara Safina. U avvalroq 2024 yilgi Olimpiadada juftlik bahslarida kumush medal olgan Diana Shnayder bilan ham ishlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Polina Kudermetova Canberra Challenger turnirida kumush medalni qo'lga kiritdi