Real himoyachisi Barselonaga qarshi final oldidan jarohat oldi

Madridning "Real" klubida chap qanot himoyachisi Ferlan Mendi yana jarohat sabab safdan chiqdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
30 yoshli futbolchi avvalgi shikastini endigina bartaraf etib, so‘nggi ikki uchrashuvda zaxiradan maydonga tushgandi. Biroq Ispaniya Superkubogi finali arafasida u yana lазаретga yo‘l oldi: jurnalist Migel Anxel Dias xabariga ko‘ra, fransuz futbolchi boldir mushagi bilan bog‘liq muammo tufayli yakshanba kuni "Barselona"ga qarshi o‘yinda ishtirok eta olmaydi.
"El-klasiko" 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
Mendi joriy mavsumda atigi uch marta maydonga tushdi. Mish-mishlarga ko‘ra, "Real" rahbariyati futbolchining tinimsiz jarohatlari sabab u bilan xayrlashish variantini ko‘rib chiqmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing