Kapello Milan kuchlilarga qarshi nega yaxshi o'ynashini aytdi

So'nggi yillarda «Milan» o'yinida qiziq holat ko'zga tashlanmoqda: jamoa kuchli raqiblarga qarshi juda yaxshi ko'rinadi, biroq turnir jadvalining pastidagi klublar bilan uchrashuvlarda tez-tez ochko yo'qotadi. Klubning sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello bunday tafovut sababiga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kapelloning ta'kidlashicha, «Milan» birinchi raqam bo'lib o'ynashi, ya'ni o'yinni nazorat qilib, hujumlarni qurishi va bo'sh hududlarni topishi kerak bo'lgan vaziyatlarda qiynaladi. Aksincha, tashabbus raqibga berilganda jamoa tezkor qarshi hujumlarda ancha xavfli va tomoshabop ko'rinish oladi, deya uning so'zlarini pianetamilan.it keltirdi.
Eslatib o'tamiz, hozirda «Milan»ni Massimiliano Allegri boshqarmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing