Liverpul Vulverhempton hujumchisini safiga qoʻshib olmoqchi

"Vulverhempton" hujumchisi Mateus Mane "Liverpul"ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
TEAMtalk jurnalisti Din Jonsning ma’lumotiga ko‘ra, 18 yoshli forvard "qizillar"ning diqqat markaziga tushgan. Angliyaning amaldagi chempioni yosh futbolchini yaqindan kuzatib bormoqda. Shuningdek, "Liverpul" tarkibidagi bir nechta futbolchi Mane bilan bir xil agentga ega ekani kelishuvni osonlashtirishi mumkin.
Mateus Mane 2024 yildan beri "Vulverhempton" safida to‘p suradi. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Hujumchi "bo‘rilar" safida barcha musobaqalarda jami 12 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing