date

Rosenyor Chelsida Fergyuson yo'lini takrorlamoqchi

Rosenyor Chelsida Fergyuson yo'lini takrorlamoqchi

“Chelsi”ning yangi bosh murabbiyi Liam Rosenyor jamoada Aleks Fergyuson uslubidagi yondashuvni yo‘lga qo‘yishni istayotganini aytdi. Mutaxassis yosh futbolchilarga ishonch bildirish orqali katta natijalarga erishish mumkinligini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Rosenyor jurnalistlarga bergan izohida avval “Manchester Yunayted” muxlisi bo‘lganini, hozir esa “Chelsi”ni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Fergyuson 19–21 yoshli olti-etti nafar o‘yinchini bir paytning o‘zida maydonga tushirishga jur’at topgan, ularga ishongan va jamoa chempionlikni qo‘lga kiritgan. Keyinchalik esa o‘sha avlod klubga ketma-ket sovrinlar olib kelgan.

Murabbiy “Chelsi”da ham shunga o‘xshash yo‘lni bosib o‘tish uchun salohiyat yetarli ekanini qayd etdi.

Shanba kuni “Chelsi” Angliya Kubogi doirasida “Charlton”ga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rosenyor Chelsida Fergyuson yo'lini takrorlamoqchi