Zenit hujumchisi Luis Enrike Anchelottining asosiy fazilatini aytdi

“Zenit”ning braziliyalik hujumchisi Luis Enrike Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Enrikening aytishicha, Anchelottining eng muhim jihati — futbolchilar fikriga quloq tutishi. U jamoa bilan ko‘p muloqot qiladi, kim o‘zini qaysi pozitsiyada qulay his qilishini so‘raydi va qarorlarni futbolchilar bilan birga shakllantiradi.
Futbolchi, shuningdek, mutaxassis doim maslahat berishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Anchelotti har bir shogirdining hayotiga maksimal darajada kirishib, maydon ichidagi va tashqarisidagi jarayonlarga ham befarq qolmaydi.
Anchelotti 2025 yil may oyida Braziliya terma jamoasini qabul qilib olgandi. Kutilishicha, 66 yoshli murabbiy yaqin orada jamoa bilan shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!